Riyod-2025: Kuni kecha 15 ta medalga sazovor bo‘ldik!
Saudiya Arabistonida davom etayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining ikkinchi kungi bahslari delegatsiyamiz uchun yorqin g‘alabalarga boy bo‘ldi.
Saudiya Arabistonida davom etayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining ikkinchi kungi bahslari delegatsiyamiz uchun yorqin g‘alabalarga boy bo‘ldi. Kun davomida atletlarimiz tomonidan 3 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.
Oltin:
- Adhamjon Ergashev (og‘ir atletika, siltab ko‘tarish, -65 kg)
- Shahzodxo‘ja Sharipov (dzyudo, -90 kg)
- Muzaffarbek To‘raboev (dzyudo, +100 kg)
Kumush:
- Adhamjon Ergashev (og‘ir atletika, ikki kurash, -65 kg)
- Nigora Abdullaeva (og‘ir atletika, dast ko‘tarish, -58 kg)
- Nigora Abdullaeva (og‘ir atletika, siltab ko‘tarish, -58 kg)
- Nigora Abdullaeva (og‘ir atletika, ikki kurash, -58 kg)
- Xurshida Razzoqberdieva (dzyudo, -70 kg)
- Diyorbek Ro‘zmetov (og‘ir atletika, dast ko‘tarish, -71 kg)
- Irisxon Qurbonboeva (dzyudo, +78 kg)
Bronza:
- Adhamjon Ergashev (og‘ir atletika, dast ko‘tarish, -65 kg)
- Uzukjamol Yunusova (boks, -54 kg)
- Zilola Yusufova (boks, -51 kg)
- Marjona Ko‘chimova (dzyudo, -78 kg)
- Alisher Yusupov (dzyudo, +100 kg)
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Izohlar (0)