
Roberto Martines: "Jamoa sifatida yaxshi shakllanib boryapmiz"
Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Portugaliya kecha Millatlar ligasida Polshaga qarshi kechgan g‘alabali o‘yindan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz so‘nggi bir necha kun ichida ushbu o‘yin uchun turli xil uslub va rejalarni tayyorlash ustida juda ko‘p ishladik va biz buni maydonda ko‘rsata oldik. Men yutuq qo‘lga kiritilganidan juda xursandman. Chunki o‘yinni ohiriga qadar bahsni nazorat qildik.
Menyosh futbolchilarimiz dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lgan Levandovskiga qarshi qanday o‘ynaganidan ham baxtiyorman. Chunki ana shunday bellashuvlar yosh avlodni chiniqtiradi. Jamoaviy muhit ancha yaxshi. Bu barchasidan uchiun bo‘lgan jihat", - dedi portugaliyaliklarning bosh murabbiyi.
Fikrlar