Rodrigo Chempionlar ligasining ikki oʻyinini oʻtkazib yuboradi

  • 06.02.2026 10:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" vingeri Rodrigo Chempionlar ligasida ikki uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi musobaqaning umumiy bosqichi 8-turida "Benfika"ga qarshi o‘yning (2:4) 97-daqiqasida hakam Davide Massa bilan bahslashgani uchun ikki sariq kartochka olgan edi.

UEFA Rodrigoni haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilganini tasdiqladi. Shu tariqa, futbolchi 17 va 25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan "Benfika"ga qarshi har ikki o‘tish bahsida ishtirok eta olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!