
Rodrigoning "Arsenal" bilan kelisha olmayotganining asosiy sababi ma’lum bo‘ldi!
"Real Madrid" hujumchisi Rodrigo "Arsenal"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchining agentlari allaqachon londonliklar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishgan. Biroq, transferga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammo — maosh masalasi.
Ma’lum qilinishicha, Rodrigo yiliga 10 million evro maosh talab qilmoqda, ammo "Arsenal" bu miqdorni ortiqcha deb hisoblamoqda.
24 yoshli hujumchi 2019 yildan beri "Real" safida to‘p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer bahosi 100 million evroga teng.
Eslatib o‘tamiz, Rodrigo joriy mavsum qaymoqranglilar safida 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar