Rojer Federerning raqibi aniqlandi
Zohir2018
Rojer uchun bu galgi to‘r omadli keldi
Serbiyalik tennischi Filip Krayinovich va frantsiyalik Kantena Gali Avstraliya ochiq chempionatining ilk bosqichida raqobatlashdi.
Unda Filip besh set davomida raqibini sinovdan o‘tkazib, yakunda 7:6, 7:6, 3:6, 4:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Melburn shahrida o‘tayotgan "Australian Open"ning ikkinchi bosqichida Krayinovich shveytsariyalik Rojer Federerga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)