Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Roma" futbolchisi Argentinada to‘p tepishi mumkin

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Forvardning o‘zi ham ona yurtiga qaytish niyatida

"Roma" futbolchisi Paulo Dibala faoliyatini boshqa klub safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar bermoqda.

Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, Rim klubi rahbariyati argentinalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Hujumchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Dibalaga hozirda "Boka Xuniors" qiziqish bildirmoqda. Argentina klubiga allaqachon Paulo "Roma"ga kerak emasligi haqidagi ma’lumot etib kelgan. Forvardning o‘zi ham ona yurtiga qaytish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi joriy mavsum Italiya klubi safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q