"Roma" har qanaqasiga Dzanologa kun bermaydi!
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo faoliyatini "Lids"da davom ettirishga yaqin turibdi.
Italiyalik insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, APL klubi italyan futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Jamoa Nikoloni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Rimliklar mavsum oxirigacha futbolchini to‘liqligicha sotib olishlarini xohlamoqda. Dzanoloning o‘zi ham "Lids"da o‘ynashga rozi. O‘tgan hafta havbek "Bornmut"ga o‘tishni istamagan edi.
Fikrlar