"Roma" "Manchester Yunayted" hujumchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

  • 22.12.2025 14:38
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkze faoliyatini Italiyada davom ettirish ehtimoli yuqorilashib bormoqda. Futbolchini "Roma" o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. 

Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, rimliklar Zirkzeni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Futbolchining o‘zi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tyapti, ammo "qizil iblislar" hali transferga rozilik bergani yo‘q. Sababi, Afrika Millatlar ligasiga yo‘l olgan futbolchilar va tarkibda yo‘qotishlar bor. 

Fabritsio Romano avvalroq niderlandiyalik straykerning Italiyaga yo‘l olish tafsilotlari bilan bo‘lishgandi. Unga ko‘ra, Joshua "Roma"ga ijara asosida o‘tadi va "bo‘rilar"ni shartnomaga sotib olish bandini ham qo‘shishga tayyor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!