"Roma" muhim o'yin oldidan Eldor Shomurodovni esladi

  • 01.03.2026 07:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Roma" o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida Eldor Shomurodovni tilga oldi.

Gap shundaki, rimliklar A Seriyaning 27-turida o‘z uyida "Yuventus"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs oldidan klub turinliklar darvozasini ishg‘ol qilgan Eldorning golini eslab o‘tdi.

"Eldor Shomurodov "Olimpiko" stadionidagi so‘nggi golini "Yuventus"ga kiritgan", — deb yozdi klub matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistlonlik hujumchi "bo‘rilar" safida 85 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 11 ta assistni o‘z hisobiga yozdirgan. Ayni paytda u Turkiyaning "Istanbul Boshakshehir" jamoasi safida to‘p tepmoqda..

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!