"Roma" muxlislari o‘z futbolchisi haqida haqoratomuz banner ko‘tarishdi

  • 29 yanvar, 2023, 19:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nikolo Dzanolo "Roma"da o‘ynashdan va hatto mashg‘ulot o‘tkazishdan ham bosh tortdi. Bu haqda Joze Mourino shanba kungi matbuot anjumanida gapirdi. Shu bilan birga, yarim himoyachi xohishiga qaramay, qishki transfer oynasi oxirigacha klubni tark etmasligi kutilmoqda.

Dzanoloning xatti-harakati nafaqat klubni, balki muxlislarni ham g‘azablantirdi. Rimdagi joylardan birida ular 23 yoshli futbolchiga qarshi tajovuzkor banner osib qo‘yishdi. "Xoin va sha’ni yo‘q," - deyilgandi bannerda.

Avvalroq, italiyalik hujumchi agar klubda qolsa, mavsum oxirigacha jamoadan chetlatilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, rimliklar yakshanba kuni Italiya chempionati doirasida turnir etakchisi "Napoli"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!