“Roma” o‘yinchisi maydonda hushidan ketdi, o‘yin davom ettirilmadi (foto)

  • 14.04.2024 23:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Italiya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan “Udineze” va “Roma” o‘rtasidagi bahsda futbol olamida kam uchraydigan holat yuzaga keldi.

“Dachiya Arena”dagi bellashuvning 72-daqiqasida mehmonlar futbolchi Evan N'Dika maydonda hushini yo‘qotib, yiqildi. 

Uchrashuv bosh hakami Luka Payretto darhol o‘yinni to‘xtatdi. Garchi shifokorlar Evan N'Dikaga birinchi yordamni ko‘rsatib, uni hushiga keltirgan va zambilda maydondan tashqariga olib chiqib ketdi.

Bu holatdan keyin futbolchilar, murabbiylar, hakamlar va rasmiy shaxslar bahsni davom ettirmaslikka qaror qildi.

O‘yin taxtatilgan paytda 1:1 hisobi qayd etilgan. Endi uchrashuvni davom ettirish bo‘yicha qo‘shimcha qaror qabul qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!