"Roma" qishda hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Asosiy nomzod "Atletiko" hujumchisi
"Roma" qishki transferlar bozorida hujum chizig‘ini kuchaytirishni ko‘rib chiqmoqda.
Jurnalist Alfredo Pedullaning so‘zlariga ko‘ra, Rim klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzedan tashqari, "Atletiko" hujumchisi Jakomo Raspadori variantini ham ko‘rib chiqmoqda. 25 yoshli italiyalik futbolchi bilan allaqachon aloqa o‘rnatgan. "Bo‘rilar" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini futbolchini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelgani va u "Atalanta"da bo‘lganida uni qaytarib olishga harakat qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, bu mavsumda Raspadori barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va bitta golli uzatma bergan.
Fikrlar