
"Roma" qiyinchilik bilan bir ochko qo‘lga kiritdi. Shomurodov 67-daqiqada maydonga tushdi
Konferentsiyalar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Budyo-Glimt" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.
Birinchi bo‘lim yakunida Solbakken uchrashuvda hisobni ochdi. 54-daqiqada El-Shaaravi muvozanatni tikladi. Biroz o‘tib mehmonlar futbolchisi Botxeym jamoasini yana oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 84-daqiqada Ibanes hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda legionerimiz Eldor Shomurodov 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Mazkur turda Konte boshchiligidagi "Tottenxem" o‘z maydonida "Vitess" klubini qabul qilib, 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar