"Roma" rahbariyati Mxitaryan bilan uchrashdi

  • 31.05.2022 21:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyalik mashhar insayder Janluka Di Martsioning xabar berishicha, bugun “Roma” rahbariyati va jamoaning armanistonlik yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan hamda uning vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda futbolchiga klub shartnomani uzaytirish bo‘yicha bildirgan avvalgi taklifini o‘zgartirmoqchi emasligi ma’lum qilindi.

Shu tariqa, “Inter” Mxitaryanni qo‘lga kiritish uchun asosiy nomzod sifatida qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Mxitaryan yakunlangan mavsum “Roma” safida A Seriyada jami 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!