"Roma" Rossiya chempionatidan yana bir zo‘r futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
"Roma" va "Marsel" klublari "Zenit"ning braziliyalik yarim himoyachisi Klaudino Rodrigesga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Mauro Tsezarning xabar berishicha, Italiya va Frantsiya klublari 25 yoshli futbolchini joriy yozgi transfer oynasi davrida futbolchi sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. FIFA tomonidan chiqarilgan yangi qarorga ko‘ra, Klaudino "Zenit" bilan shartnomasini bir yilga to‘xtatish huquqiga ega.
Klaudino Rodriges o‘tgan mavsum Rossiya premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Yarim himoyachi "Zenit" safida barcha musobaqalarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar