"Roma" so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga durang o‘ynadi, Shomurodov 69-daqiqada maydonga tushdi

  • 13 fevral, 2022, 23:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 25-turidan o‘rin olgan "Sassuolo" - "Roma" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.

Dastlab, Temmi Abraxam birinchi bo‘lim so‘nggida hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Kris Smolling o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 73-daqiqada Traore mezbonlarni oldinga olib chiqdi. O‘yin tugashiga yaqin Kristante gol urib, muvozanatni tikladi. 

Shu tariqa, rimliklar hisobidagi ochkolar sonini 40 taga etkazib qo‘ydi. Ayni vaqtda ular A Seriya turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. 30 ochkosi bor "Sassuolo" 12-pog‘onani band etgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!