
"Roma" uni Italiyaga qaytarmoqchi
“Roma” klubi rahbariyati “Everton” forvardi Moyze Kin bilan shartnoma imzolashdan umid uzmayapti.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, rimliklar 20 yoshli italiyalik futbolchini bir yilgi ijaraga olib, keyinchalik uni 22 mln evro evaziga sotib olish taklifini bildirishmoqda. Bir yillik ijara uchun esa 2 mln evro berishmoqchi. Muzokaralarda Kinning agenti Mino Rayola ham ishtirok etmoqda.
Moyze joriy mavsum APLda 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i 1 ta gol urdi xolos. Uning “Everton” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan. U mersisaydliklar safiga “Yuventus”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar