"Roma" va "Yuventus" o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin
A Seriyaning ikki grandi - "Yuventus" va "Roma" mavsumlar oralig‘ida o‘zaro futbolchi almashtirishlari mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar “bo‘rilar” xavbeki Nikola Dzanoloni ko‘zlashmoqda. O‘z navbatida rimliklar esa “keksa sinora”ning argentinalik forvardi Gonsalo Iguainni tarkibga jalb etishmoqchi. Shu bois ushbu jamoalar o‘zaro futbolchi almashtirishlari haqiqatga juda yaqin.
Ma’lumot uchun, Iguainning transferi 35 million, Dzanoloniki esa 40 million evroga baholanmoqda.



Fikrlar