
“Roma”da yana bir jiddiy yo‘qotish
Portugaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida “Roma” yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi.
Mahalliy “Kasa Pia” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda “bo‘rilar” sardori Lorentso Pellegrini chap oyog‘idagi og‘riq tufayli o‘yinni erta tark etgan edi.
Bu bahsda rimliklarning asosiy himoyachisi Kris Smolling ham shikastlandi.
Bellashuv yakunlanganidan keyin angliyalik futbolchi to‘pig‘ida og‘riq his qilgan va oqsoqlanib yurgan.
Endi Kris Smolling ham tibbiy ko‘rikdan o‘tishi talab etiladi. Shifokorlar uning jarohati darajasini aniqlab, muolaja belgilaydi.
33 yoshli futbolchi joriy mavsumda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z vazifasini uddalashdan tashqari uchta to‘p kiritishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar