“Roma”ga o‘tsang, maoshing ikki baravar oshadi

  • 07.12.2022 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino maydon markazini “Torino” yarim himoyachisi Sasha Lukich yordamida kuchaytirmoqchi.

Portugaliyalik mutaxassis talabiga binoan, sport direktori Tyagu Pinto serbiyalik futbolchini Rimga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti. “Roma” rahbariyati Serbiya terma jamoasi safida Qatardagi jahont chempionatida qatnashgan o‘yin uchun turinliklarga Marash Kumbullani berishni taklif qilyapti.

Bundan tashqari, Rim klubi mutasaddilari Lukichning o‘ziga har mavsum uchun 1,4 million evro maosh taklif qilmoqda. Sasha hozirgi klubida bir yil davomida 700 ming evro moyana olyapti.

Sasha Lukich joriy mavsumda 22 ta uchrashuvda to‘rtta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!