“Roma”ga taklif tushdi

  • 16.06.2022 19:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Xetafe” qishki transferlar vaqtida “Roma”dan ispaniyalik yarim himoyachi Gonsalo Vilyarni ijaraga olgan edi.

Ispan klubi 24 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishni istayapti va uning transfer huquqini rimliklardan to‘liq sotib olmoqchi.

Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Xetafe” mutasaddilari “Roma” bilan transfer bo‘yicha muzokara boshlashga tayyor. Vilyar rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinoning rejalariga kiritilmagani bois, Rim klubidan transfer summasini pasaytirishni so‘ramoqchi.

Ayni paytda Vilyarni olish uchun ispan klubi besh million evro xarajat qilishi kerak.

Vilyar “Xetafe” safida o‘n marta maydonga tushib, jamoadoshlariga bitta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!