
"Roma"ning bugungi o‘yinini Sport TV namoyish etadi
Bugun A Seriya 28-turidan o‘rin olgan 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ular orasida "Roma" ishtirokidagi bahs ham bor.
"Bo‘rilar" bugun o‘z maydonida "Atalanta"ni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi. Mazkur o‘yinni "Sport" kanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Ayni vaqtda Mourino shogirdlari 44 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. 47 ochkoga ega bergamoliklar 5-pog‘onani band etgan.
Fikrlar