Romano: "Bavariya" Rangnik bilan bog‘landi

  • 24 aprel, 2024, 19:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Bavariya" bilan muzokaralar olib borayotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Avvalroq germaniyalik mutaxassis myunxenliklar jamoasini boshqarishi mumkinligi xabar qilingandi.

"Bavariya" men bilan bog‘landi va bu haqda federatsiyaga xabar berdim. Hozir bor etiborimni Avstriya terma jamoasi bilan Evroda ishtirok etishga qaratganman. Agar "Bavariya" menga jiddiy qiziqish bildirayotgan bo‘lsa, bu haqda yaxshilab o‘ylab ko‘rishim kerak", - deya 65 yoshli mutaxassisning so‘zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.

Eslatib o‘tamiz, Rangnik bungacha "Manchester Yunayted", "Leyptsig", "Shalke 04" klublarini boshqargan. "Qizillarning ning hozirgi bosh murabbiyi Tomas Tuxel joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!