
Romoano: Ramos faoliyatini Meksikada davom ettiradi
2024 yilning yozidan beri erkin agent bo‘lib turgan Serxio Ramosning keyingi manzili Meksika bo‘ladi. U "Monterrey" a’zosiga aylanish arafasida turibdi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, himoyachi va klub o‘rtasida shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuv amalga oshgan. Tez orada 38 yoshli ispan shartnomaga qo‘l qo‘yadi.
Ma’lumot uchun, "Monterrey" klubi ayni payt turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Chempionat boshlanganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q.
2021 yili "Real"ni 16 yillik faoliyatidan so‘ng tark etishga qaror qilgan Ramos PSJda 2 yil harakat qildi va Ispaniyaga qaytib ketdi. "Sevilya"dagi faoliyatidan so‘ng u birinchi mavsum Evropadan tashqariga yo‘l olmoqda.
Fikrlar