Ronaldу Saudiya Arabistonida noyob natija qayd etdi
Taslim bo‘lmagan bittasi qoldi
«An-Nasr» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Ad-Diriya»ga qarshi o‘yinda (3:0) yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
41 yoshli portugaliyalik yulduz hisobni birinchi bo‘lib ochdi — uning goli uchrashuvning 23-daqiqasida qayd etildi.
Al Nassr Zone nashri ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldu Saudiya ligasida to‘p surgan davri mobaynida raqobatlashgan 25 jamoaning 24 tasiga gol urgan. Unga qarshi o‘yinlarda faqat «Al-Batin» darvozasi daxlsiz qolgan.
Joriy mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida Ronaldu 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol muallifiga aylandi. Umumiy hisobda esa futbolchining professional karerasidagi gollari soni 980 tani tashkil etmoqda. Krishtianu «An-Nasr» sharafini 2023 yil boshidan buyon himoya qilib kelmoqda.

Izohlar (0)