Ronaldino Messi bilan o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirdi
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldino hozirda PSJ sharafini himoya qilayotgan "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messi bilan do‘stona munosabatlari haqida gapirib berdi.
“Oramizda haqiqiy do‘stlik bor. Tanishuvimizning eng boshidanoq biz oddiy edik, o‘zimizdan hech narsa yasab olmadik. "Barselona"ga kelganimda Messi juda yosh edi. Biz hali ham o‘zaro yaxshi munosabatlardamiz, ba’zida uchrashib turamiz. Biz nafaqat sobiq jamoadoshlarmiz, shu bilan birga yaxshi do‘stmiz”, - dedi afsonaviy Ronaldino Tyc Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldino va Lionel 2005 yildan 2008 yilgacha "Barselona" safida birga o‘ynagan.
Fikrlar