
Xaver Zanetti: Ronaldo ajoyib edi, ammo...
“Inter”ning argentinalik afsonaviy himoyachisi Xaver Zanetti o‘zi bilan birga klubda o‘ynagan eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi.
“Ronaldo “Barselona”dan kelganida, shunchaki ajoyib edi. Agar mendan klubda birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi kim deb so‘rashsa, men Roberto Badjo deb javob bergan bo‘lardim. U sifat va ishtiyoq o‘rtasida mukammal muvozanatga ega edi. Men ham xuddi boshqalar singari Badjoning o‘yinlaridan hayratga tushdim”, - deydi Zanetti.
Xaver Zanetti 1995-2014 yillarda “Inter” sharafini himoya qilgan. U “neradzurrilar” safida 5 karra Italiya chempioni bo‘ldi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Fikrlar