Ronaldo JCh-2022da qaysi jamoa g‘olib bo‘lishini taxmin qildi

  • 12 dekabr, 2022, 20:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik mashhur futbolchi Ronaldo Frantsiyani JCh-2022ning asosiy favoriti deb aytdi.

Tecno

“Turnir boshlanishidan oldin men Braziliya va Frantsiya terma jamoalari finalda o‘ynashini bashorat qilgandim. Braziliya endi turnirdan chiqib ketdi. Biroq Frantsiya har bir o‘yinda favorit ekanini tasdiqlamoqda. Hatto ularni asosiy favorit deb aytgan bo‘lardim”, - dedi braziliyalik sobiq futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi JCh-2022 yarim finalida Marokash bilan kuch sinashadi. O‘yin 14 dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!