Ronaldo o‘zi bilan o‘ynagan eng zo‘r ikki futbolchi nomini aytdi

  • 15 fevral, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Braziliya terma jamoasi yulduzi Ronaldo futbolchilik davrida o‘zi birga o‘ynagan eng mahoratli charm to‘p ustalari nomini aytdi.

- Men birga o‘ynagan eng zo‘r o‘yinchi ikki nafar. Biri Ronaldino, u bilan Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilganmiz.

Klub miqyosida eng yaxshi o‘yinchi Zinedin Zidan. Zidanning turgan-bitgani mahorat, u boshqacha o‘yinchi, texnikasi zo‘r, hamma narsani oddiygina bajarib qo‘yardi, - dedi Ronaldo.

Ronaldo professional faoliyati davomida “Kruzeyro”, PSV, “Barselona”, “Inter”, “Real”, “Milan” va “Korintians”da o‘ynab, klublar miqyosida 735 ta uchashuvda 512 ta gol urgan.

Ayni paytda Ronaldo Ispaniyaning “Valyadolid” klubi egasi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!