Ronaldo va Ronaldino eplolmaydigan ish

  • 13 avgust, 2020, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan”ning sobiq bosh direktori Adriano Galliani Andrea Pirloning “Yuventus”ga bosh murabbiy etib tayinlanishiga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

- Pirlo o‘zi o‘ynagan paytdayoq, murabbiyga aylanib bo‘lgandi. Uni bir so‘z bilan ta’riflash kerak bo‘lsa, m mulohazali inson, degan bo‘lardim. Bu fazilati unga ish jarayonida katta yordam beradi. “Yuventus”da o‘zini ko‘rsata olishiga ishonaman.

“Milan”da to‘p surgan ko‘p o‘yinchilar, faoliyatini yakunlagandan keyin murabbiy sifatida ham samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Lekin jamoaning sobiq o‘yinchilaridan Ronaldinodan hech qachon murabbiy chiqmaydi. Chunki unga kim bilan o‘ynashning farqi yo‘q edi. Ertasi kuni kim raqib bo‘lganini ham unutib yuborardi. Unga o‘yin tahlili begona edi. Braziliyalik Ronaldo ham xuddi shunaqa bo‘lgan, - dedi Galliani.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!