Ronaldu: 2018 yilda Messi "Oltin to‘p"ni olganida, men kareramni tugatar edim

  • 12 noyabr, 2022, 15:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik jurnalist Teri Marshan hujumchi Krishtianu Ronalduning tarjimai holini e’lon qildi. Unda portugaliyalik hujumchining 9 ta eksklyuziv intervyusi bor. Ulardan birida Ronaldu “Yuventus”dagi faoliyati haqida gapirgan.

“Muvaffaqiyatga erishganingizda va o‘zingizning komfort zonangizni tark etmasangiz, muvaffaqiyatga erishishingiz oson. Klubni, ligani, futbol madaniyatini o‘zgartirish uchun Turinga borishga qaror qildim.

Men hech narsadan afsuslanmayman. Ammo o‘sha yili Messi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritsa, futbolni tark etaman deb o‘ylagandim. Sababi, o‘sha yilda Leodan kuchliroq harakat qilgan futbolchilar etarlicha edi”, — dedi Ronaldu.

Eslatib o’tamiz, Luka Modrich 2018 yilda "Oltin to’p"ni qo’lga kiritgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!