
Ronaldu: 40ni qoralab qoldim, lekin...
Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” to‘purari Krishtianu Ronaldu kelajagi va qachongacha to‘p tepishi haqidagi savolga javob berdi.
- Yana o‘ynash va gollar uchun qo‘shimcha ishtiyoq tug‘ilyapti. Bu ishlarimni yana davom ettirishga bel bog‘laganman. To‘xtamoqchi emasman.
Qirqqa yaqinlashib qolganimni juda yaxshi bilaman, lekin hali sovrinlar yutishni istayman. Demak, futbol o‘ynashni davom ettiraman, - dedi Krishtianu Ronaldu.
39 yoshli portugaliyalik hujumchi rasmiy uchrashuvlarda urgan gollari sonini 916 taga etkazib oldi. Buyog‘iga Ronaldu kiritgan har bir gol yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.
Fikrlar