Ronaldu amerikalik go‘zalni ham, Messini ham ortda qoldirdi

  • 1 avgust, 2023, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu dunyoda eng qimmat bloger nomini oldi, deb xabar bermoqda The Sun nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik yulduz ijtimoiy tarmoqdagi bitta reklama posti uchun 2,2 million evro miqdorida haq olmoqda.

Shu tariqa, Ronaldu amerikalik model Kayli Jannerdan o‘zib ketdi. Bu qiz bitta reklama posti uchun buyurtmachilardan 1,7 million evro oladi.

Eng qimmatbaho reklamachilar orasida uchinchi o‘rin “Inter Mayami” futbolchisiga aylangan Lionel Messiga tegishli. Argentinalik jahon chempionining har bir reklama posti 1,52 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!