Ronaldu Benzema transferi haqida nimalar dedi?

  • 8 iyun, 2023, 17:01
  • 0
  • Futbol

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zi bilan birga “Real”da o‘ynagan Karim Benzemaning Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tganiga munosabat bildirdi.

Ma’lumki, frantsiyalik to‘purar kutilmaganda “Real”dan ketishini ma’lum qilib, “Al-Ittihod” klubi bilan hamkorlik o‘rnatdi.

- Karim o‘ziga yangi chaqiruv tashladi. Men Saudiya Arabistoniga kelishim, bu mamlakat futboliga darcha ochishi bilardim.

Endi bu mamlakatga eng zo‘r o‘yinchilar keladi va mazkur liga dunyoda eng yaxshilaridan biriga aylanadi, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Karim Benzema “Real” safida 14 mavsum to‘p tepib, jami 647 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini 353 marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!