
Ronaldu bilan o‘ynamaymiz!
“Manchester Yunayted” futbolchilari 37 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoadan ketishini istayapti.
ESPN nashrining ma’lum qilishicha, manchesterlik o‘yinchilar Ronalduning jamoadan ketish haqidagi fikrini xursandchilik bilan qabul qilgan. Ko‘pchilik portugaliyalik to‘purar jamoadagi ichki muhitda salbiy ta’sir qilayotganini ta’kidlamoqda.
Ronalduning agenti Jorje mendesh anchadan beri unga Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoa qidirmoqda.
Bu mutaxassis “Chelsi”ga ikki marotaba murojaat qilib, Tomas Tuxeldan rad javobini oldi. “Bavariya”, “Atletiko”, “Borussiya D” kabi klublar ham Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olishga ko‘nmadi.
Ayni paytda Mendesh “Napoli” bilan muzokara olib bormoqda.
Fikrlar