
Ronaldu bilan o‘ynashga ko‘ngan yulduz qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Joau Feliks “Chelsi”ni tark etib, “An-Nasr”ga ko‘chib o‘tdi. Bu transferni amalga oshishida Krishtianu Ronalduning xizmatlari katta ekani aytilmoqda.
Correio da Manhã nashrining ma’lum qilishicha, Joau yang jamoasida “Chelsi”da olganidan ikki baravardan ko‘proq maosh oladigan bo‘ldi. Manbaga ko‘ra, 25 yoshli o‘yinchi London klubida har mavsum uchun 7 million evro olardi.
Un qo‘lga kiritishga uringan “Benfika” o‘z tarbiyalanuvchisining yillik xizmatlarini 3 million evroga baholadi. Ronalduning tashabbusi bilan “An-Nasr”ga o‘tgan Joau Feliks daromad bobida ham o‘sishga erishdi. Shayxlar unga bir mavsum uchun 17,5 million evro maosh to‘laydi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano bu transfer 30 million evroga tushgani, biroq futbolchining natijalariga qarab, summa 50 million evroga ko‘tarilishi mumkinligini yozdi.
Fikrlar