Ronaldu birinchi uchrashuvdayoq katta rekordni yangilab qo‘ydi
Saudiya Arabistonining birinchi turida “An-Nasr” futbolchilari safarda “At-Taavun” jamoasi mehmoni bo‘lib, raqib darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi.
Uchrashuv qahramoni riyodliklar safiga yangi qo‘shilgan Joau Feliks bo‘ldi. Portugaliyalik hujumchi xet-trik qayd etdi. Evropada porlagan yana bir yil yulduz – Kingsli Koman ham “An-Nasr”ga kelganini gol bilan nishonladi.
Krishtianu Ronaldu uchrashuvning 54-daqiqasida penaltini aniq bajardi. Bu 40 yoshli futbolchining professional faoliyatidagi 940-goli bo‘ldi va mutlaq rekord yana yangilandi.
Ronaldu faoliyati davomida klublar miqyosida 802 ta to‘p kiritgan. Shuningdek, Portugaliya terma jamoasi libosida xalqaro maydonda 138 ta golga mualliflik qilgan.
Mashhur hujumchi “An-Nasr” bilan yana ikki yil hamkorlik qilishini inobatga olsak, u jahon futboli tarixida rasmiy uchrashuvlarda 1000 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylanishi mumkin.
Fikrlar