Ronaldu buyuklikka erishishning yo‘lini aytdi

  • 04.12.2025 23:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida buyuklikka erishish uchun zarur bo‘lgan tarkibiy qismlar haqida fikr bildirib, qiziquvchanlikni shartlardan biri deb atadi.

"Qiziquvchanlik buyuklikning zaruriy shartidir. Har kuni yangi savollar berishda davom etsangiz, yutasiz", - deb yozdi Krishtianu Ronaldu X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida.

Krishtianu Ronaldu Evropa Chempionlar Ligasi (140 ta gol) va "Real" (450 ta gol) tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Bundan tashqari, hujumchi terma jamoa safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha jahon rekordiga ham ega. Portugaliya terma jamoasi safida Ronaldu 143 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!