Ronaldu “dahshatli” rekordini yana yangiladi
Saudiya Arabistoni chempionatining sakkizinchi turida “An-Nasr” futbolchilari raqib maydonida “Neom” bilan to‘qnash keldi va o‘yinni 3:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Riyodliklarning gollari o‘z davrida Evropa klublarida o‘ynagan yulduzlar mualliflik qildi. Dastlab, “Santos” va “Strasburg”ning sobiq hujumchisi Anjelo “An-Nasr”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
65-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan unumli foydalanib, halabani mustahkamladi. Bu 40 yoshli hujumchining rasmiy uchrashuvlardagi 953-goli bo‘ldi va yangi rekord sifatida qayd etildi.
Garchi mezbonlar Ahmad Abduning goli evaziga hisobdagi farqni bittaga qisqartirgan bo‘lsa-da, Joau Feliks aniq zarba bilan yakuniy natijani o‘rnatdi – 3:1.
“An-Nasr” ketma-ket sakkizta g‘alabadan keyin Saudiya Arabistoni Professional ligasida peshqadamlik qilmoqda. Krishtianu Ronaldu esa, to‘purarlik poygasida 9 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoadoshi Joau Feliks hisobida o‘nta gol bor va u poygada etakchiga aylangan.
Fikrlar