
Ronaldu "Instagram"da "Al-Nassr" legionerlarining obunachisiga aylandi. Ammo ular orasida Masharipov yo‘q
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu kecha "Al-Nassr" futbolchisi sifatida taqdimot marosimida ishtirok etdi. Marosim chog‘ida u klub futbolchilari bilan ko‘rishib chiqdi va birga mashg‘ulot o‘tkazdi.
Qiziq tomoni, Ronaldu "Instagram"dagi sahifasi orqali jamoa legionerlariga obuna bo‘lgan. Ular safida Anderson Taliska, David Ospina va Alvaro Gonsales kabi futbolchilar mavjud. Ammo ro‘yxatdan hali hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov o‘rin olmagan.
Ma’lumot o‘rnida, saudiyaliklar safida to‘p tepadigan legionerimiz aynan Ronalduga o‘zining 7-raqamini bo‘shatib bergandi. Endi futbolchimiz klubda 77-raqam ostida to‘p tepadi.
Fikrlar