
Ronaldu katta ishlarni boshlayapti
Mavsumni sovrinlarsiz yakunlagan “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mavsumga rejasini aytdi.
- Maqsad – har mavsum uchun bir xil bo‘ladi. Bor kuchimiz bilan harakat qilish va sovrinlarni qo‘lga kiritish. Agar imkon bo‘lsa, individual sovrinlarni ham jamlash kerak.
Biroq eng asosiy maqsadim – haqiqiy Krishtianu qanday bo‘lsa, shuni saqlab qolish. Ya’ni, Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” maqsadlariga etishish uchun qo‘limdan kelganini qiladigan holatda bo‘lish.
O‘z darajamni ushlab qolish juda muhim va men aynan shuning harakatidaman, - dedi Krishtianu Ronaldu.
39 yoshli hujumchi mavsum davmoida 45 ta uchrashuvda 44 ta gol urdi va 13 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar