Ronaldu mag‘lubiyatini erta tan oldi

  • 01.08.2020 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Oltin butsa” uchun so‘nggi imkoniyatidan foydalanmaydigan bo‘ldi.

Portugaliyalik hujumchi A Seriyaning “Roma”ga qarshi o‘tkaziladigan so‘nggi turida maydonga tushmaydi va to‘purarlar bahsida oxirigacha kurashmaydi.

Shunday qilib, joriy mavsumda “Oltin butsa” Evropa milliy chempionatlarida hammadan ko‘p gol urgan “Latsio” hujumchisi Chiro Immobile nasib etadigan bo‘ldi. Hozircha, uning  hisobida 35 ta gol bor. Avvalgi turda xet-trikka erishgan futbolchi raqobatda “Bavariya” to‘purari Robert Levandovskidan bitta golga o‘zib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!