Ronaldu "Manchester Yunayted"da yangi rekord qayd etdi

  • 12 may, 2022, 17:29
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning 37 yoshli portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer ligasining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deb xabar beradi musobaqa rasmiy sayti.

Ronaldu o‘tgan oyda 4 uchrashuvda maydonga tushib, 5 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Ushbu sovrin uchun kurashda mankunianliklar hujumchisiga Natan Kollins ("Byornli"), Kevin De Bryuyne, Gabriel Jezus (ikkisi ham — "Manchester Siti"), Brunu Gimaraynsh ("Nyukasl"), Son Xyon Min ("Tottenxem"), Tiago Alkantara ("Liverpul") va Leandro Trossar ("Brayton") kabi futbolchilar raqobatchilik qildi.

Krishtianu uchun ushbu sovrin joriy mavsumdagi ikkichisi hisoblanadi. Portugaliyalik 2021 yilning sentyabr oyida ham "oyning eng yaxshi futbolchisi"ga aylangandi.

Bundan tashqari, Ronaldu ushbu sovrinni qo‘lga kiritish bo‘yicha "Manchester Yunayted" rekordchisiga aylandi (6 marta). U 5 marta APLda "oyning eng yaxshi futbolchisi" nomini qo‘lga kiritgan klub afsonasi Ueyn Runini ortda qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!