Asosiy mazmunga oʻtish

Ronaldу Messidan o‘zib ketdi va tarixiy rekord o‘rnatdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Kriştianu Ronaldу kasbiy faoliyati davomida umumiy daromadi ikki milliard dollardan oshgan tarixdagi ilk futbolchi bo‘ldi.

Kriştianu Ronaldu faoliyati davomidagi jami daromadi 2 milliard dollardan oshgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.

Portugaliya milliy jamoasi va Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi hujumchisi Kriştianu Ronaldu faoliyati davomidagi umumiy daromadi bo‘yicha tarixiy natija qayd etdi. Bu haqida Forbes nashri xabar bermoqda.

41 yoshli futbolchi, shuningdek, dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingini boshqarib turibdi. Uning 2026/2027 yilgi mavsumdagi daromadi 300 million dollarga baholanmoqda. Shundan 250 million dollari klubdagi faoliyati, qolgan 50 million dollari esa reklama shartnomalari va boshqa tijoriy loyihalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Reytingda ikkinchi o‘rinni 145 million dollar daromad bilan argentinalik Lionel Messi egalladi. Kuchli uchlikka 100 million dollar bilan fransiyalik Kilian Mbappe yakun yasadi.

Forbes talqiniga ko‘ra, dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi 10 futbolchisi:

  1. Kriştianu Ronaldu — 300 million dollar.
  2. Lionel Messi — 145 million dollar.
  3. Kilian Mbappe — 100 million dollar.
  4. Erling Holand — 85 million dollar.
  5. Vinisius Junior — 76 million dollar.
  6. Lamin Yamal — 55 million dollar.
  7. Sadio Mane — 54 million dollar.
  8. Jud Bellingem — 45 million dollar.
  9. Xarri Keyn — 42 million dollar.
  10. Muhammad Saloh — 40 million dollar.

Forbes hisob-kitoblarida futbolchilarning maydondagi faoliyatidan oladigan daromadlari hamda tijoriy faoliyatdan tushadigan mablag‘lari soliq va agentlik to‘lovlari chegirilmasidan oldin hisobga olinadi. Reytingdagi o‘n nafar futbolchining jami daromadi 942 million dollarga yetishi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q