“Manchester Yunayted” Ronaldu o‘rniga zo‘r hujumchi oladi!
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning jamoadagi kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda.
Bosh murabbiy Erik ten Xag portugaliyalik yulduz jamoada qolishini ta’kidlagan bo‘lsa-da, Ronaldu mavsumoldi mashg‘ulotlarga kelgani yo‘q.
Klub mutasaddilari esa zudlik bilan Ronalduni o‘rnini bosadigan hujumchi qidirmoqda. Nomzodlar ro‘yxatiga “Lion” vakili Mussa Dembele kiritildi.
Dembelega Britaniya futboli begona emas. U professional faoliyatini “Fulxem”da boshlagan. Shuningdek, “Seltik” safida to‘p tepgan. “Lion”dan tashqari Madridning “Atletiko” jamoasida o‘ynagan.
Bu transfer manchesterliklarga 20 million evro atrofidagi summaga tushadi.



Fikrlar