Ronaldу o‘zi bilan o‘ynagan yulduzni Messining yoniga borishiga to‘sqinlik qilyapti
Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘zi bilan ikki jamoa – “Real” va “Manchester Yunayted”da o‘ynagan braziliyalik Kazemironing Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Kazemiro mavsum oxirida Manchesterni tark etishi aniq bo‘lganidan keyin uni erkin agent maqomida qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jamoalar safi kengayib bormoqda.
Xususan, Lionel Messi yetakchiligidagi “Inter Mayami” ham tajribali yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun amaliy harakatlarni boshlab yuborgan.
33 yoshli futbolchiga Yevropa va Saudiya Arabistonidan ham chorlovlar bor. Xabar qilinishicha, Krishtianu Ronalduning shaxsan o‘zi Kazemironi Saudiyadagi loyihasiga qo‘shilishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Portugaliyalik futbolchi Kazemironi “An-Nasr”ni sezilarli darajada kuchaytira oladigan muhim figura, deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, AQShda braziliyalik futbolchi Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami”ga o‘tishiga ishonishmoqda.
Devid Bekxem klubi Kazemironi 2026 yildagi jahon chempionatidan keyin maydon markazida Serxio Buskets o‘rniga potensial o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Shuningdek, MLS varianti bo‘yicha muzokaralar ancha ilgarlab ketgani, futbolchining o‘zi esa yaqinda Mayamiga borib, klub infratuzilmasi bilan tanishgani va rahbariyat bilan uchrashgani aytiladi.
Agar transfer AQSh klubiga amalga oshsa, futbol olami so‘nggi yillardagi eng kutilmagan hamkorliklardan biriga guvoh bo‘lishi mumkin — “Real”ning sobiq yetakchisi Lionel Messi bilan bir jamoada o‘ynaydi.
Fikrlar