Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Portugalya terma jamoasi mojarodan so‘ng Ronalduni chaqirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Krishtianu boradimi?

«An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi guruh bosqichi yakunlovchi uchrashuvlari uchun Portugaliya terma jamoasining dastlabki ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqida O JOGO nashri xabar berdi.

Bosh murabbiy Jorje Jezush e’lon qilgan ushbu ro‘yxatdan Ronalduning jamoadoshlari Joau Feliks va Samu Koshta ham o‘rin oldi.

Terma jamoa 14 noyabr kuni Braga shahrida Daniyaga qarshi maydonga tushadi. 17 noyabrda esa portugaliyaliklar Kardiffda Uels termasiga qarshi bahs olib boradi. Yakuniy tarkib 6 noyabr kuni e’lon qilinishi belgilangan.

Sentabr oyida jamoa so‘nggi mashg‘ulotlari paytida Ronaldu bilan murabbiy o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani ortidan u Daniyaga qarshi o‘yin arafasida terma jamoa qarorgohini tark etgan edi. Undan bir necha kun oldin esa Osloda Norvegiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmagan.

Shundan so‘ng Portugaliya futbol federatsiyasi intizom qo‘mitasi Ronalduga 30 kunlik diskvalifikatsiya berdi. Ushbu jazo muddati 30 oktyabr kuni yakunlanadi.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan (234 ta) va eng ko‘p gol urgan (146 ta) futbolchi hisoblanadi. U milliy jamoa tarkibida 2016 yilda Yevropa chempionligini, 2019 va 2025 yillarda esa Millatlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q