Ronaldu qaerda o‘ynash bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 31 may, 08:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu faoliyatida o‘zgarish yasamaydigan bo‘ldi va Saudiya Arabistonila qolishga qaror qildi.

Tecno

Footmercato saytining m’lum qiligicha, 40 yoshli hujumchi o‘ziga tushgan takliflarga e’tibor qaratmagan va “An-Nasr” bilan hamkorlikni uzaytirishga ko‘ngan.

“An-Nasr” sport direktori Fernando Yerro yaqinda portugaliyalik futbolchi klub oldiga bajarish murakkab bo‘lgan shartlarni qo‘yayotgani, lekin Ronalduni tarkibda saqlab qolish klub uchun strategik ahamiyatga ega ekanini aytgandi.

Krishtianu Ronalduga “An-Nasr”ning keyingi paytlarda birorta sovringa jiddiy da’vogarlik qila olmayotgani yoqmayapti. Mashhur to‘purar klub tarkibni jahon miqyosidagi yulduzlar bilan kuchaytirishi kerakligini anchadan beri talab qilib keladi.

Bu mavsum Ronaldu barcha turnirlarda 41 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 35 martaba ishg‘ol qildi va sheriklariga to‘rtta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!