Ronaldu Ramazon oyi unga qanday ta’sir qilganini aytdi

  • 3 iyun, 2023, 17:01
  • 0
  • Futbol

Uzoq yillik faoliyati davomida ilk marotaba Evropadan tashqarida to‘p tepgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida duch kelgan vaziyatlarga o‘z munosabatini bildirmoqda.

“An-Nasr” hujumchisi Osiyodagi faoliyati davomida kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelganini tan oldi.

- Har doim qandaydir qiyinchiliklar bo‘ladi. Evropa futbolida ham shunday. Lekin aniq fakt shuki, Evropada mashg‘ulotlar asosan ertalab o‘tkaziladi.

Saudiya Arabistonida kunduzi yoki kechki payt ham mashg‘ulot bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, Ramazon oyida shunday bo‘ladi. Ramazon boshlanganida biz ayrim kunlari kechasi soat 22:00 da mashg‘ulotga kirishardik. Bu men uchun hayratlanarli holat.

Bularning bari o‘zgacha hissiyot va xotira, menga shunaqa narsalar yoqadi. Chunki oxir-oqibat yangi madaniyatlarni o‘rganib olamiz. Buning o‘ziga yarasha qiyinchiligi ham bo‘ladi, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Portugaliyalik yulduz “An-Nasr” tarkibida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!