Marselo A Seriya grandi tarkibini to‘ldirishi mumkin

"Real" himoyachisi Marselo yozda "Yuventus" tarkibini to‘ldirishi mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, joriy mavsumda jarohatlar sabab "qaymoqrangliklar" safida maydonga kam tushayotgan braziliyalik futbolchiga ko‘plab klublar qatori turinliklar ham qiziqish bildirmoqda.

Manbada ta’kidlanishicha, himoyachining "keksa sinora"ga transferi amalga oshishida Marseloning yaqin do‘sti hisoblanadigan Krishtianu Ronalduning o‘rni yuqori bo‘lishi mumkin.

O‘tgan yil qishgi transfer oynasi vaqtida portugaliyalik futbolchi braziliyalik himoyachini Turinga ko‘chib o‘tishiga ko‘ndirgani, Marselo esa "Real" rahbariyatidan o‘zini qo‘yib yuborishini so‘ragani xabar qilingan edi. Ammo noma’lum sabablar tufayli ushbu transfer amalga oshmay qolgandi.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi "Real" libosida La Liga bahslarida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gollik uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!